Kabinet

Ulanish

Ucell abonentiga  qanday qilib aylanish mumkin?

Ucell – O‘zbekistondagi yetakchi uyali aloqa operatori hisoblanib, 8.8 milliondan ziyod abonentlarga o‘z xizmatlarini taqdim etib kelmoqda. Uyali aloqa bozorida faoliyat yuritib kelgan davr mobaynida Ucell ko‘plab tariflar, xizmatlar va qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etib kelgan holda, abonentlar uchun bu bilan birga ko‘pgina yangi imkoniyatlar va qulayliklar yaratib berdi.

Bizning abonentimiz bo‘lib qolish juda oson! Buning uchun siz shunchaki sizga ma‘qul keladigan ko‘plab tarif rejalardan birini tanlashingiz lozim. Tarif rejalar haqidagi ma‘lumotlarni siz bu yerda olishingiz mumkin.

O‘zingiz yoqtirgan raqamni "Raqam tanlash" xizmati yordamida hoziroq tanlang. Xizmatga havola yordamida o‘ting.

Ucell sotuvlar va abonentlarga xizmat ko‘rsatish markazlarida yoki Kompaniyaning dilerlik markazlarining birida amalga oshirishingiz mumkin. Dilerlik markazlarining va ofislarimiz ro‘yxati va manzillari bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Ucell abonentiga aylanishingiz uchun, Siz o‘zingiz Kompaniyaning istalgan sotuv va abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofisiga yoki dilerlik shoxobchasiga kelib, amal qilish muddati tugamagan, Sizning shaxsingizni, vaqtincha yoki doimiy ro‘yxatga qo‘yilganligingizni tasdiqlovchi quyida ko‘rsatilgan hujjatlardan birining aslini operatorga taqdim etishingiz kerak:
  • amaldagi turar joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi yozuv kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti;
  • xorijiy fuqaro pasporti (doimiy yoki vaqtinchalik yashash guvohnomasi / vizasi asosida);
  • ofitser guvohnomasi, harbiy guvohnoma + № 33 shakl (shartnoma bo‘yicha xizmat o‘tayotgan shaxslar va harbiylar uchun);
  • *akkreditatsion karta (diplomatik vakolatxonalar va missiyalarning xodimlari uchun);
  • amaldagi turar joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi yozuv kiritilgan, chet el fuqarolarining O‘zbekistonda yashash huquqini tasdiqlovchi hujjat;
  • amaldagi turar joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi yozuv kiritilgan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun yashash huquqini tasdiqlovchi hujjat yoki xorijga chiquvchi hujjat;
  • amaldagi turar joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi yozuv kiritilgan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning guvohnomasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi;
  • ID-karta - O'zbekiston Respublikasi shaxs guvoxnomasi.
* Akkreditatsion karta orqali ulanish faqat Kompaniya xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Mobil ilova orqali ulanishni ro‘yxatdan o‘tkazish:
  1. Yangi abonentlarni dilerlik punktlarida hamda Kompaniyaning savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini optimallashtirish va avtomatlashtirish maqsadida bosqichma-bosqich maxsus tijoriy Mobil ilova ishga tushirilmoqda.
  2. Abonentni identifikatsiyalash jarayonida ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur bo‘lgan shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlarga ega NFC chipli hujjatlar ko‘rib chiqiladi:
    – O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti;
    – O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ID-kartasi.
  3. Amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilgan holda, abonentni mobil ilova orqali samarali ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadida, abonentdan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning faqat asli qabul qilinadi. Ushbu talabning bajarilishini NFC chipini o‘qish funksionali ta’minlaydi. Mazkur chip faqat hujjatning aslida mavjud. Tizim hujjat nusxasi yoki fotosuratini o‘tkazrmaydi.
  4. Hujjatdan ma’lumotlarni samarali o‘qib, smartfon yoki planshet ekrani orqali raqam va tarif rejasini tanlagandan so‘ng, abonent va diler imzolaydilar. Keyin ro‘yxatdan o'tish shaklini yuklab olish uchun Kompaniyaning veb-portaliga havola abonentga SMS tarzida keladi.
  5. Abonent havola orqali o‘tib, o‘z raqamini kiritadi, so‘ngra xavfsizlikni ta’minlash maqsadida bir martalik parolni oladi; shuningdek, kompyuter orqali standart holatda ro‘yxatdan o‘tgandagi ro‘yxatga olish shakli bilan bir xil bo‘lgan elektron ro‘yxatdan o‘tish shaklini oladi. Abonent raqami faollashadi va abonentni ro‘yxatdan o‘tkazish tugallanadi.
Ishonch bildirilgan shaxs notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida Ishonch bildiruvchi nomidan «COSCOM» MChJ tarmog‘ida Prepaid tizimidagi uyali radiotelefon aloqa xizmatlarini taqdim etish shartnomasi (keyingi o‘rinlarda – Shartnoma) tuzish uchun, Ishonch bildirilgan kishining shaxsini tasdiqlovchi yuqorida sanab o‘tilgan amaldagi hujjatlardan birining aslini, Ishonch bildiruvchining shaxsini tasdiqlovchi yuqorida sanab o‘tilgan amaldagi hujjatlaridan birining nusxasini, quyidagi ma’lumotlar va harakatlar albatta aks ettirilgan Ishonchnomaning aslini taqdim etishi lozim:
  • Ishonch bildiruvchining va Ishonch bildirilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi;
  • Ishonch bildiruvchining va Ishonch bildirilgan kishining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari ma’lumotlari (seriya va raqami, berilgan vaqti va kim tomonidan berilganligi, amal qilish muddati);
  • Ishonch bildiruvchi va Ishonch bildirilgan shaxsning doimiy yoki vaqtincha propiskasi (ro‘yxati) bo‘yicha yashash joyi;
  • Kompaniya bilan Shartnoma tuzish uchun Ishonch bildiruvchi nomidan taqdim etilgan vakolat;
  • Ishonch bildiruvchining imzosi.
Yuqorida ko‘rsatilmagan biror hujjat asosida ulanish amalga oshirilmaydi.
  • Kompaniya dilerlik sotuv nuqtalarida narxlar va xizmat ko‘rsatish yuzasidan savollaringiz bo‘lsa, 8118 "Ishonch raqamiga" murojaat qilishingiz mumkin.

Haqi oldindan to‘lanuvchi xizmat ko‘rsatish tizimi (Prepaid)ga yangi ulanuvchi abonentlar uchun majburiy shartlardan biri – abonent o‘z hisobini kamida 10 000 so‘mga to‘ldirishi kerak, va zarur bo‘lsa, tanlangan tarif reja shartlariga muvofiq kunlik/oylik abonent to‘loviga teng bo‘lgan pul miqdoriga to‘ldirishi lozim.

Kompaniyaning ofislarida va dilerlik nuqtalarida ulanish payti yagona boshlang‘ich ulanish to‘plamini olish mumkin, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Tegishli turdagi SIM-karta;
  • Abonent raqami (pulli toifadagi raqamning qiymati bu mablag‘ ichiga kirmaydi);
  • «Coscom» MChJ tarmog‘ida Prepaid tizimi uyali radiotelefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish uchun Ommaviy ofertani ro‘yxatga olish blankasi.

Raqamni ulatgandan so‘ng abonent hisobidagi eng kam dastlabki mablag‘ miqdori – 10 000 so‘m
(tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovi va pullik raqam qiymatidan tashqari
10 000 so‘m


Diqqat! “Start 10” va “Ovoz 15” tarif rejalariga yangi ulanishda birinchi oyda abonent hisobidagi eng kam dastlabki mablag‘ miqdori quyidagicha bo‘lishi lozim: “Start 10” uchun – 19 000 so‘m, “Ovoz 15” uchun – 15 000 so‘m.

Kompaniya mo‘ljaldagi muayyan guruhlarga/hududlarga yo‘naltirilgan maxsus tarif rejalarini/xizmatlarini ishlab chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Maxsus tarif rejalari/xizmatlar shartlari bilan bevosita savdo nuqtalarida tanishish mumkin.

Diqqat! siz raqamni faqat bo‘sh raqamlar ro‘yhatidan tanlashingiz mumkin. Ammo pullik raqamlar toifasidagi raqamlar boshqa narxlar bo‘yicha baholanadi. Bunday raqamlarning narxlari va qoliplar quyidagi jadvalda keltirilgan.



*Mazkur toifadagi raqamni faqat qidirish mumkin. Raqamni ulatish uchun Kompaniyaning istalgan ofisiga murojaat etish lozim.
Pullik raqamlar toifalariga mansub raqamlarning narxlari ulanish qiymatiga bir martalik qo‘shimcha to‘lov hisoblanadi va Ucell tarmog‘iga ulanish paytida tanlangan raqam toifasiga mos holda to‘liq hajmda to‘lanishi lozim. Pulli raqamni ulatish haqida Shartnoma imzolanib, keyingi 36 (o'ttiz olti) soat mobaynida barcha tegishli to‘lovlar to‘liq hajmda amalga oshirilmasa, raqam tizimdan o‘chiriladi va Shartnoma bir tomonlama asosda bekor qilinadi.
Abonent raqami har qanday sababga ko‘ra tizimdan o‘chirilgan va «COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) tarmog‘ida uyali radiotelefon aloqasi xizmatlari ko‘rsatish haqidagi Shartnoma bekor qilingan hollarda, ulanish paytida raqam uchun to‘langan qiymat qaytarilmaydi.

Agar bepul toifadagi raqamni ulatganidan keyin 36 soat davomida abonent shaxsiy hisobini to‘liq hajmda tarif rejasining abonent to‘lovi hamda boshqa qo‘shimcha xizmatlar va to‘plamlar qiymatiga yetarli miqdorga to‘ldirmasa, ulanish shartlariga muvofiq, Shartnoma tuzilganidan so‘ng ikki kun o‘tgach, Kompaniya abonent raqamini tizimdan o‘chirish hamda Shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga ega.

Eslatib o‘tamiz, abonent raqami Kompaniyaning mulki hisoblanadi va abonentga faqat «COSCOM» MChJ, Ucell savdo belgisi tarmog‘ida uyali radiotelefon aloqasi xizmatlari ko‘rsatish haqidagi Shartnomaning amal qilish muddatidagina foydalanish uchun berib qo‘yiladi.

Raqamlar narxi O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi (so‘m)da ko‘rsatilgan. Narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.

Narxlar sotuvlar va abonentlarga xizmat ko‘rsatish nuqtalarida amal qiladi.

Diqqat!
Sizga shuni ma’lum qilamizki, abonent tomonidan Kompaniyaning pulli xizmatlari va to‘plamlaridan foydalanilishi, shuningdek abonent to‘lovi yechilishi tufayli balansdagi mablag‘lar qoldig‘i 4210 so‘m va 631,5 so‘m miqdorga tushganida, kunning qaysi vaqti bo‘lishidan qat’i nazar, unga balansining (abonent raqami shaxsiy hisobining) holati haqidagi SMS-xabarlar tizim tomonidan avtomatik tarzda jo‘natiladi. Tungi vaqtda kiruvchi xabarlar bezovta qilmasligi uchun, telefoningizda ovozsiz rejimni o‘rnatib yoki signal tovushini pasaytirib qo‘yishingizni tavsiya etamiz.