Kabinet

Ucelldan 4G

Ucelldan 4G

Ucelldan 4G bilan endi hammasi oson, tez va qulay!

Ucell mobil aloqaning to‘rtinchi avlodi bo‘lmish – 4G yangi texnologiyasini taqdim etadi!

Endi Ucelldan 4G Internet har bir abonent uchun amal qiladi!

4G – bu:

 Yuqori 150 Mb/soniya tezlikdagi mobil Internet;

 Media-xizmatlar, mobil televidenie, turli hil onlayn-dasturlardan qulay narxda foydalanish;

 Biznes, ko‘ngilochar o‘yinlar, muloqot va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan mobil Internetdan tushunarli va qulay tarzda foydalanish;

 Har bir abonent uchun ma’qul va hamyonbop narxlar.


4G ga qanday ulanish mumkin?
  • Keltirilgan manzil bo‘yicha Ucell 4G tarmog‘i amal qilishiga ishonch hosil qilish;
  • Mobil qurilmangiz 4G Band 7 (2600 Mgs chastotasida) diapazonida amal qilishini tekshirish;
  • Ucell o‘z ofisda sotuv uchun taqdim etilgan 4G qurilmalardan (Modem yoki Router) eng ma‘qul turini tanlash;
  • Amaldagi tarif va raqamni saqlab qolgan holda, mavjud raqamingizga (agar USIM-karta 4G ni qo‘llab-quvvatlasa) bepul 4G xizmatini ulash;
  • SIM-kartani 4G amal qiladigan SIM-kartaga almashtirish (agar SIM-karta eski namunada bo‘lsa)
  • Aloqa (4G/3G/2G) amal qiluvchi hududni aniqlash va qidiruv uchun tarmoqning"Avto" rejimini tanlash. Qurilma avval 4G so‘ng 2G tarmog‘iga ulanadi. 4G funksiyali qurilmalar 3G va 2G tarmoqlarida ham faoliyat ko‘rsatadi;
  • Ovozli xizmat va USSD-so'rovlar 4G tarmog'ida amal qilmaydi.

Ucelldan yuqori tezlikdagi 4G bilan yangi imkoniyatlar eshigini oching!

Hurmatli abonent,
4G (LTE) tarmog‘i rejimi faqat ma’lumot uzatish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u ovozli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini cheklashi hamda abonent raqamini zaxiralashi mumkin, bu esa pulli xizmatlardan foydalanishga, shu jumladan abonent to‘lovining yechilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.
4G tarmog‘i ishlashining xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, agarda internetdan foydalanmayotgan bo‘lsangiz, mobil qurilmangiz sozlamalari yordamida tarmoq rejimini 2G yoki 3G ga o‘tkazib qo‘yishni tavsiya etamiz.

Aloqa amal qiluvchi hudud

Bugungi kunda 4G Internet faqat Toshkent, Buxoro, Navoiy, Zarafshon, Termiz, Jizzax, Andijon va Samarqand shaharlarida amal qiladi. Ucell yangi hududlarni o‘zlashtirish jarayonida bo‘lib, tez orada ushbu tarmoq O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham amal qila boshlaydi.

4G amal qiluvchi hudud haqida batafsil ma‘lumot bu yerda

Ucell. Hayotni yaxshilik sari o‘zgartirib!