Kabinet

25-26.11.2021-y. Farg‘ona viloyatida rejadagi ishlar

Radiotarmoqni optimizatsiya qilish bo‘yicha texnik ishlar o‘tkazilishi sababli 25.11.2021-y. soat 08:00 dan 26.11.2021-y. soat 06:00 gacha Farg‘ona viloyati (Dang‘ara, Buvayda, Uchko‘prik tumanlari)da 2G, 3G va 4G tarmog‘ida taqdim etiladigan xizmatlar sifatining qisqa muddatli pasayishi kuzatilishi mumkin.

Mazkur sifat pasayishi vaqtinchalik bo‘lib, kelajakda taqdim etiladigan xizmatlar sifatining yaxshilanishiga olib keladi.

Ucell. Hayotni yaxshilik sari o‘zgartirib!