Kabinet

Namangan viloyatida rejadagi ishlar

Radiotarmoqni optimizatsiya qilish bo‘yicha texnik ishlar o‘tkazilishi sababli 2021 yil 23- va 24- fevral kunlari soat 09:00 dan 20:00 gacha Namangan viloyatida (Uychi, To‘raqo‘rg‘on, Uchqo‘rg‘on tumanlari va Namangan, Kosonsoy shaharlari) 2G, 3G va 4G tarmog‘ida taqdim etiladigan xizmatlar sifatining qisqa muddatli pasayishi kuzatilishi mumkin.

Mazkur sifat pasayishi vaqtinchalik bo‘lib, kelajakda taqdim etiladigan xizmatlar sifatining yaxshilanishiga olib keladi.

Ucell. Hayotni yaxshilik sari o‘zgartirib!