Kabinet

Qo‘shimcha ma‘lumot

"Qo‘shimcha ma’lumot"

Hisobdagi pul miqdori 0 so'mga teng bo‘lganida abonent raqami blokirovka qilinadi.

Raqamning maksimal bloklanish muddati– 90 kun (30 kun*). Ushbu muddatning dastlabki 80 kuni mobaynida abonent har qanday qo‘ng‘iroqlarini va har qanday SMS xabarlarni qabul qilishi mumkin.

Sizga shuni ma’lum qilamizki, abonent tomonidan Kompaniyaning pulli xizmatlari va to‘plamlaridan foydalanilishi, shuningdek abonent to‘lovi yechilishi tufayli balansdagi mablag‘lar qoldig‘i 4210 so‘m va 631,5 so‘m miqdorga tushganida, kunning qaysi vaqti bo‘lishidan qat’i nazar, unga balansining (abonent raqami shaxsiy hisobining) holati haqidagi SMS-xabarlar tizim tomonidan avtomatik tarzda jo‘natiladi. Tungi vaqtda kiruvchi xabarlar bezovta qilmasligi uchun, telefoningizda ovozsiz rejimni o‘rnatib yoki signal tovushini pasaytirib qo‘yishingizni tavsiya etamiz.


Bloklanish shartlari

Hisobdagi pul miqdori 0 so'mga teng bo‘lganida abonent raqami blokirovka qilinadi.

Raqamning maksimal bloklanish muddati– 90 kun (30 kun*). Ushbu muddatning dastlabki 80 kuni mobaynida abonent har qanday qo‘ng‘iroqlarini va har qanday SMS xabarlarni qabul qilishi mumkin.

Agar shu 80 kun mobaynida hisob to‘ldirilmasa, 81-kundan boshlab barcha qo‘ng‘iroqlar bloklanadi, bunda IVR xizmati, favqulotda chaqiruv raqamlari va xizmat raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati mavjud. SMS xabarlarni qabul qilish imkoniyati saqlanib qolinadi.

Agar ko‘rsatilgan 90 kun (30 kun*) mobaynida hisobingiz to‘ldirilmasa, siz bilan tuzilgan Shartnoma va sizning telefon raqamingiz esa Kompaniya ihtiyoridagi bo‘sh raqamlar ro‘yhatiga o‘tadi.

Ucell xizmatlaridan qayta foydalanishingiz uchun Prepaid tizimiga qayta ulanishingiz lozim.

Uyali radiotelefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish shartnomasining 3.1.2.1. va 3.1.2.2. - bandlariga asosan Kompaniya tomonidan xizmat ko’rsatilishi cheklangan/to‘xtatilgan abonent raqamlarining bloklanish muddati 30 taqvimiy kunni tashkil etadi. 30 kun o‘tganidan so‘ng Shartnoma Kompaniya tomonidan bir tomonlama bekor qilinadi. 

*Tarif rejalariga "Istalgan raqam" va "Istalgan raqam 2.0" aksiyalari orqali ulangan abonentlar uchun.
 

Axborot-ma’lumot xizmati

Eslatma: 8123 raqamiga faqat Ucell abonentlari mobil telefonlari orqali qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.

Ushbu xizmat orqali quyidagi ma‘lumotlarni olishingiz mumkin:

  • kompaniya ofislari va agentlik punktlarining manzillari;
  • kompaniya tarmog‘i holati;
  • xalqaro avtomatik rouming xizmati;
  • barcha xalqaro tariflar;
  • korporativ xizmat ko‘rsatish;
  • valyuta ayriboshlash kursi;
  • kompaniyamizdagi barcha o‘tkazilayotgan tadbirlar va yangiliklar haqida ma‘lumotlar.

8123 raqamiga qo‘ng‘iroqlar bepul.

Tavsiya
Kompaniya qo‘shimcha xizmatlarni soat 05:00 dan 22:00 gacha bo‘lgan davrda faollashtirish/o‘chirishni tavsiya qiladi.
Ushbu tavsiya ishlab chiqarish zarurati tufayli xizmat ko‘rsatish uskunalarida ishlar olib borilishi ehtimoli bilan bog‘liq.
Mazkur ishlarning olib borilishi davomida qo‘shimcha xizmatlarni faollashtirish/o‘chirish imkoni mavjud bo‘lmasligi mumkin.

Limitlar qoldig‘ini tekshirish uchun USSD – *102#, *103# va *104#.
Taqdim etilgan limitlar qoldig‘i haqidagi aniq ma’lumotlarni bilish uchun USSD-so‘rovni faqatgina barcha faolliklarni (qo‘ng‘iroqlar, internet, SMS) tugatgach jo‘nating.