Kabinet

SIM-kartani blokdan chiqarish

"SIM-kartani blokdan chiqarish"

Agar SIM-kartangiz biror bir sababga ko‘ra bloklanib qolgan bo‘lsa, Ucell vakili sizga SIM-kartangizni blokdan chiqarishda yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, SIM-kartalar maxsus PIN va PUK kodlari bilan himoyalangan. Bu kodlar sizning mobil telefoningizni begona shaxslar noqonuniy tarzda ishlatishlarini oldini oladi.

Agar ketma-ket PUK kod raqamini 10 marta noto‘g‘ri tersangiz, SIM-karta tamoman bloklanadi va qayta uni ishlatib bo‘lmaydi. Bunday SIM-kartani almashtirish lozim.

Postpaid abonentlari uchun xizmat narxi - 2 105 so‘m (QQS bilan).

Agar PIN kod raqamini ketma-ket 3 marta noto‘g‘ri kiritsangiz, SIM-kartangiz bloklanadi. Biroq, uni blokdan chiqarish uchun PUK kod raqamini terishingiz lozim. Ucell GSM telefoni – PUK kod raqamini Kompaniya xizmatlariga ulanayotganingizda berilgan SIM-kartangiz konverti ustida ko‘rishingiz mumkin. Bu konvertni saqlab qolmagan bo‘lsangiz unda PUK kod raqamini Ucell Ofislaridan biriga murojaat qilib bilib olishingiz mumkin. (O'zingiz bilan pasport yoki shaxsni aniqlab beruvchi boshqa bir hujjat bo'lishi kerak).

Tavsiya etilgan xizmatlar