Kabinet

Yulduz bilan uchrashuv

Ta’rifi

Yulduzlarga yaqin bo‘lishni istaysizmi? – Ucell bilan orzular ro‘yobga chiqadi!
2016-yil 4-maydan Ucell, "Sunet Technology" kontent-provayderi hamkorligida "Yulduz bilan uchrashuv" SMS-viktorinasini taqdim etadi.

Viktorina qoidalari:

6699 raqamiga OK so‘zini yuboring va viktorinada ro‘yxatdan o‘ting. Tizim bazadan bitta tasodifiy savolni va uning ikkita javob variantini tanlaydi hamda SMS orqali Sizga yuboradi. O‘zingiz to‘g‘ri deb bilgan javob variantini tanlang va uning raqamini (1 yoki 2) 6677 raqamiga yuboring.

Agar javobingiz to‘g‘ri bo‘lsa, Sizning sovrin hisobingizga 10 ball qo‘shiladi, agar javobingiz noto‘g‘ri bo‘lsa – 0 ball qo‘shiladi.

Viktorinadagi ishtirokni maxsus buyruq (STOP, 1, STOP1) yuborish orqali to‘xtatish mumkin.

6677 raqamiga 1 (bir) chiquvchi SMS-xabar narxi – QQS bilan $0.10.
6699 raqamiga chiquvchi  va undan kiruvchi barcha SMS-xabarlar bepul.

G‘oliblar to‘plangan sovrin ballari ko‘pligiga qarab aniqlanadi. Eng ko‘p ball to‘plagan 5 nafar ishtirokchi xonanda Shahzoda bilan shaxsan uchrashish va uning dastxatli CD-diskini o‘z qo‘lidan olish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi. Ko‘p ball to‘plagan keyingi 20 nafar ishtirokchi ham sovg‘a tariqasida xonanda Shahzodaning CD-disklarini olishadi.
Viktorinada qatnashgan har bir ishtirokchi ko‘ngilochar mazmundagi multimedia kontenti ko‘rinishida sovg‘a oladi!

Viktorinada ishlatiladigan buyruqlar:

 

Kalit so‘z Qisqacha tarifi
OK Viktorinada ishtirok etishni boshlash
RU Viktorinada ishtirok etish uchun rus tilini tanlash
UZ Viktorinada ishtirok etish uchun o‘zbek tilini tanlash
INFO Jami to‘plangan ballar, to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar soni haqidagi ma’lumot
STOP, 1, STOP1 Viktorinani muddatidan avval yakunlash
1 yoki 2 raqamlari  Ishtirokchi javobi

 

SMS-viktorinasining reglamenti
  1. Viktorinada uning boshlanish sanasigacha 18 yoshga to‘lgan va undan katta bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi, jismoniy va yuridik shaxs bo‘lgan har qanday abonent – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok eta oladilar.
  2. Viktorinada chet el fuqarolari va norezidentlar ishtirok eta olmaydilar.
  3. Tashkilotchining va "COSCOM" MChJ XKning xodimlari hamda xodimlarining oila a’zolari Viktorinada ishtirok etishlari taqiqlanadi. Mazkur qoidani buzgan barcha ishtirokchilar Viktorinadan uning istalgan bosqichida chetlatiladilar.
  4. Viktorina 2016-yilning 4-mayidan 15-mayigacha (shu kunlar ham) o‘tkaziladi. Bu muddatdan oldin yoki keyin yuborilgan SMSlar narxlanadi, ammo tanlovda qatnashmaydi.
  5. Viktorina ishtirokchilari o‘zlariga biror turdagi qo‘shimcha rag‘batlantirishni amalga oshirmasdan, ularning ism-familiyalari hamda fotosuratlari ommaviy ravishda e’lon qilinishi va namoyish etilishiga, shuningdek, Tashkilotlar va boshqa vakolatli kompaniyalar tomonidan reklama maqsadlarida bosma, audio- va video-materiallarda qo‘llanilishiga rozilik beradilar.
  6. OK kalit so‘zini yuborish orqali viktorinada ishtirok etishni boshlashi bilan har bir ishtirokchi yuqorida keltirilgan barcha shartlarga roziligini o‘z-o‘zidan tasdiqlaydi.
  7. Viktorina qoidalariga rioya etilishi, g‘oliblarni aniqlash va taqdirlash uchun mas’uliyatni "Sunet Technology" MChJ kontent-provayderi o‘z zimmasiga oladi.
Ucell. Hayotni yaxshilik sari o‘zgartirib!