Kabinet

Horijga safar qilayotgan abonentlar uchun

Horijga safar qilayotgan abonentlar uchun

Rouming - Online - Bu xalqaro avtomatik rouming xizmati bo‘lib, "COSCOM" MChJ bilan rouming-hamkorlik kelishuviga ega bo'lgan va CAMEL tehnologiyasini ta'minlaydigan uyali aloqa operatorlari tarmog‘ida Prepaid tizimi abonentlariga o'z mobil telefon raqamlarini ishlatishga imkoniyat beradi.

Bu xizmatning qulayliklari:

  • xizmatdan istalgan ijobiy miqdorda foydalanishingiz mumkin;
  • real vaqt oralig‘da narxlar tariflanadi;
  • to‘lov kartalari orqali o‘z vaqtida hisobingizni to‘ldirishingiz mumkin;
  • real vaqt oralig‘ida hisobingizni tekshirishingiz mumkin.

Rouming - Online

"Rouming - Online" xizmatiga ulanish

Ucell "Rouming-Online" xizmatining ikki turini taklif etadi:

 "Camel Not Full Roaming" – O‘zbekistonga chegaradosh mamlakatlardan tashqari (Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston va Turkmaniston) Ucellning barcha Camel rouming-hamkorlari hududida, aloqadan foydalanish imkonini beradi. O'zbekistonga chegaradosh hududlarda roumingning rejalashtirilmagan faollashuvining oldini olish uchun, "Camel Not Full Roaming" xizmatini faollashtirishni maslahat beramiz. Prepaid tizimining barcha abonentlariga "Camel Not Full Roaming" xizmati yoqtirildi. 

 "Camel Full Roaming" - xizmati Ucellning barcha Camel rouming-hamkorlari tarmog'ida roumingdan foydalanish imkonini beribgina qolmay, O'zbekistonga chegaradosh hududlarida ham xizmatdan foydalanish mumkin bo'ladi. Bu rouming turini *155*1# raqamiga bepul so'rov jo'natish orqali yoqtirishingiz mumkin. 

Rouming xizmatining faollashgani haqidagi ma'lumotga ega bo'lish uchun *155*4# raqamiga so'rov yuborish kerak.  

Rouming-Online xizmatini bekor qilish uchun *155*3# raqamiga so'rov yuborish kerak bo'ladi.

*155# raqamiga yuborilgan so'rov narxi - 0 so'm.

 Rouming tariflari haqida batafsil.

Qo‘ng‘iroq qilish tartibi

O‘zbekistondan tashqarida bolganlarida chiqish qo‘ng‘iroqlarini terish qoidalar:

  • Rouming-operatorlari tarmog‘idan O‘zbekistonga: +998 (shahar ⁄ operator kodi) (abonent raqami)
  • Ucell abonenti raqamiga: +998 93 (abonent raqami) yoki +998 94 (abonent raqami)
  • Xalqaro raqamga: + (mamlakat kodi) (shahar ⁄ operator kodi) (abonent raqami)
Aloqa bo‘yicha muammolar bo'lsa

Aloqa bo‘yicha muammolar mavjud bo‘lsa, nimalar qilish kerak.

Eng avvalo, telefoningiz Ucell rouming xamkori tarmog‘iga to‘g‘ri sozlanganliga e‘tibor bering. Telefoningiz Ucell rouming xamkori tarmog‘iga sozlana olmasa, uni o‘zingiz sozlashingiz lozim bo‘ladi. Sozlash qoidalari mobil telefoningizning ko‘rsatmalar kitobchasida yoki apparatingizning menyusida ko‘rsatilgan.

Telefoningizni mustaqil ravishda sozlay olmasangiz, unda O‘zbekistondagi abonent xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, muammoingiz haqida xabar qilishingiz lozim.

Ucell ning 24 soatlik abonentlarga xizmat ko‘rsatish xizmati raqamlariga murojaat qiling: +998 93 1800000, +998 93 1810000 va biz savollaringizga javob beramiz.