Kabinet

Yangi – «Hisobla, G‘olib bo‘l!» sovrinli viktorinasi

«Hisobla, G‘olib bo‘l!» bu – foydalanuvchilarga kun va/yoki kalendar oyi mobaynida oddiy matematik misollarni yechgan va ko‘ngilochar kontentni olgan holda sovrinlar yutib olish imkonini beruvchi viktorinadir.

Viktorinada SMS-xabarlarni qo‘llab-quvvatlovchi mobil telefonga ega bo‘lgan istalgan Ucell abonenti ishtirok eta oladi. «Hisobla, G‘olib bo‘l!» viktorinasini faollashtirish uchun abonentlar 9800 qisqa raqamiga istalgan (СТОП, STOP, STOP1, INFO kalit so‘zlaridan tashqari) so‘zni SMS tarzida jo‘natishlari lozim. Faollashtirish so‘roviga javoban, abonentga SMS-bildirishnoma jo‘natiladi; unda ushbu xizmat, narxlari va obunani bekor qilish shartlari haqida batafsil ma’lumot, shuningdek, birinchi savol – viktorinaning birinchi topshirig‘i (oson matematik misol) ham keladi. Abonent misolning javobini o‘sha SMS-xabarning o‘ziga javob tarzida, o‘sha qisqa raqamga jo‘natishi kerak. Masalan, abonentga «2+1*3=?» yuboriladi, abonent to‘g‘ri javob – 5 ni topishi va o‘sha SMSning o‘ziga javoban xizmatning 9800 qisqa raqamiga yuborishi lozim.
Viktorinada ishtirok etish uchun kunlik abonent to‘lovi – QQS bilan 1684 so‘m/kun. Kunlik abonent to‘lovi yechilganida abonent sovrinni yutib olish uchun qo‘shimcha 100 ballni hamda 20 savolga javob berish imkonini qo‘lga kiritadi. Har bir to‘g‘ri javob abonentga 10 ball beradi. Noto‘g‘ri javob ballarni bekor qilmaydi, foydalanuvchi navbatdagi savolni oladi.
Har bir ishtirokchining umumiy reytingi olingan (kunlik to‘lov va har bir to‘g‘ri javob uchun) ballar asosida shakllanadi.
Har bir ishtirokchining kunlik reytingi sutka davomida olingan ballardan tashkil topadi. Kunlik sovrinni bitta ishtirokchi haftada faqat bir marta yutib olishi mumkin.
Har bir ishtirokchining haftalik reytingi joriy hafta mobaynida olingan ballar miqdoridan tashkil topadi. Agar foydalanuvchi haftalik sovrinni yutib olsa, bir oy davomida u takroran sovrin yutib ololmaydi.
Har bir ishtirokchining oylik reytingi joriy oyda olingan ballar miqdoridan iborat bo‘ladi. Agar foydalanuvchi oylik sovrin yutib olsa, keyingi olti oy mobaynida takroran oylik sovrin yutib ololmaydi.
Har bir ishtirokchining yillik reytingi butun vaqt davomida (yil mobaynida) olingan ballardan tashkil topadi.
Agarda ikki yoki undan ortiq abonent bir xil miqdorda ball to‘plasa, u holda ular orasidan savollarga hammadan oldin javob bergani, masalani oldin yechib bo‘lgani g‘olib deb tanlanadi.
Obunani bekor qilganidan so‘ng abonent viktorinani yana bir marta bepul faollashtira oladi; buning uchun 9800 qisqa raqamiga istalgan (СТОП, STOP, STOP1, INFO kalit so‘zlaridan tashqari) so‘zni, shu jumladan, obunadan voz kechishdan oldin olingan so‘nggi savolga javobni ham SMS tarzida jo‘natishi kifoya.
Barcha abonentlar viktorinaga ilk bor ulanishda bir kun bepul ishtirok etish imkonini qo‘lga kiritadilar.
Agar abonent o‘z obunasini to‘xtatsa va keyin qayta ulansa (shu kunning o‘zida), qayta ulanishda uning hisobidan obuna uchun shu kunning o‘zida (qayta) to‘lov yechiladi. Xizmatga obuna uchun to‘lov abonentning xizmat obunasini bekor qilishigacha yoki raqami tizimdan o‘chirilishida yechib boriladi. Kontent-provayder kun davomida bir necha marotaba xizmat uchun mablag‘ yechishga urinadi. Abonent hisobida yetarlicha mablag‘ bo‘lsa, narxlash amalga oshadi. Abonent xizmatdan faqat abonent to‘lovi yechilganida foydalanishi mumkin.

Baxtli soatlar: ushbu vaqt mobaynida to‘g‘ri javob yuborib, abonent odatdagidan 2 karra ko‘proq ball ishlab olish imkoniga ega bo‘ladi. Viktorina ishtirokchilari o‘rnatilgan vaqt oralig‘i haqida faol ishtirokchilar bazasiga SMS-tarqatma jo‘natish orqali xabardor qilinadilar.
O‘rnatilgan vaqt oralig‘ida ishtirokchi tomonidan jo‘natiladigan xabarlar soni cheklanmaydi.
Xizmat qulay bo‘lishi uchun, agar abonent xizmatning to‘liq qiymatini – 1684 so‘mni to‘lay olmaydigan bo‘lsa, unga qisman to‘lash va shunga mos miqdorda savollar va ballar olish imkoni beriladi: 1263 so‘mga – 15 savol va 75 ball, 842 so‘mga – 10 savol va 50 ball, 421 so‘mga – 5 savol va 25 ball. Qisman to‘lov abonent hisobida to‘liq to‘lovni yechish uchun yetarlicha mablag‘ bo‘lmasa kontent-provayder tomonidan yechiladi.

Xizmatga obunani bekor qilish uchun 9800 raqamiga STOP buyrug‘ini jo‘nating; Obunaning holatini tekshirish uchun 9800 raqamiga INFO buyrug‘ini jo‘natish lozim.
Viktorina tashkilotchisi: «SDS Carrier Solutions» MChJ
Viktorinaning amal qilish muddati: 15.01.2020 dan 14.01.2021 gacha.

Batafsil: www.9800.uz