Kabinet

Yangi "Ucell Sport" sport portali

"Ucell Sport" sport portali betakror xizmat bo‘lib, sport voqealari natijalari agregatori bo‘lmish Sportradar xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda taqdim etiladi. Mazkur xizmatga obuna bo‘lib, abonent

Ushbu xizmatga obuna bo‘lib, abonent real vaqt rejimida jahon asosiy sport tadbirlarining matnli-grafik translyatsiyalarini olish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, matnli-grafik translyatsiyalar doirasida abonentlarga qo‘shimcha tarzda quyidagi ma’lumotlar ham taqdim etiladi: tadbirga sharhlar, jamoalar tarkibi, statistika, turnir jadvali, qayta uchrashuvlar, o‘yinchilar statistikasi. Mazkur bo‘lim abonentlarni xizmat bilan qisqacha tanishtirish uchun demo-versiyada obunasiz taqdim etilishi mumkin.

"Ucell Sport" sport portalida obunani rasmiylashtirish uchun, abonent 4017 qisqa raqamiga «DA» kodli so‘zini SMS tarzida yuborishi lozim. Obuna narxi QQS bilan kuniga 505,2 so‘mni tashkil etadi. So‘ng abonent o‘z mobil telefoni, plansheti yoki kompyuteridan sport.ucell.uz havolasi orqali kirishi hamda login (o‘z telefon raqami) va SMS tarzida kelgan parolni kiritishi kerak. Avtorizatsiyadan o‘tganidan so‘ng abonent "Ucell Sport" sport portalida taqdim etilgan barcha ma’lumotlarga kira oladi.

Xizmatni o‘chirish uchun 4017 qisqa raqamiga «STOP» kodli so‘zini SMS tarzida yuborish zarur.

Batafsil ma’lumot sport.ucell.uz saytida.

Serviz «Speed Network Group» MCHJ hamkorligida taqdim etiladi.