Kabinet

Yangi «Xushomad» xizmati

«Xushomad» xizmati — bu mobil tanishuvlar va istalgan mavzularda muloqotlar uchun betakror xizmat. Abonentlar xohlagan payt va istalgan joyda, mobil telefon yoki internetga kirish imkoni bo‘lganida Ucell abonentlari orasidagi muloqot va tanishuvlar portalidan foydalana oladilar. Portalda ro‘yxatdan o‘tish, anketa to‘ldirish, kontaktlarni izlash, xabar almashish, do‘stlar ro‘yxatini tuzish, istalmagan kontaktlarni bloklash funksiyalari mavjud bo‘ladi.

«Xushomad» xizmatiga obuna rasmiylashtirish uchun abonent 4020 qisqa raqamiga DA kodli so‘zini SMS tarzida yuborishi lozim. Obuna narxi QQS bilan kuniga 505,2 so‘mni tashkil etadi. Avtorizatsiyadan o‘tganidan so‘ng abonent portalda o‘z anketasini ro‘yxatdan o‘tkazishi, anketalarni tezkor izlashi, foydalanuvchilarning fotosuratlarini izohlash va baholash imkoniga ega bo‘lishi, do‘stlarning yangilanishlarini kuzatib borishi mumkin bo‘ladi.

Xizmatni o‘chirish uchun 4020 qisqa raqamiga «STOP» kodli so‘zini SMS tarzida yuborish zarur.

Batafsil ma’lumot gap.ucell.uz saytida.

Serviz «Speed Network Group» MCHJ hamkorligida taqdim etiladi..