Kabinet

Ucell internetining sifati yaxshilanmoqda

Hurmatli abonentlar!

“COSCOM” MChJ jamoasining hamjihatlikda o‘tkazgan moliyaviy, texnik va tijoriy ishlari natijasida Ucell tashqi internet-kanali hajmi 10%gacha oshirilganligi haqida mamnuniyat bilan xabar qilamiz. O‘z navbatida bu Ucell tomonidan taqdim etiladigan internet yanada tezroq, sifatliroq va mustahkamroq bo‘lganini anglatadi.

Aytib o‘tish joizki, bu – xalqaro davrada, shu jumladan Speedtest.com servisi doirasida ham O‘zbekiston internetining saviyasini oshirishga Kompaniya qo‘shgan navbatdagi hissadir..

Ucell. Hayotni yaxshilik sari o‘zgartirib!