Kabinet

18-19-aprel kunlaridagi rejadagi ishlar

Kompaniya qurilmalarida rejadagi profilaktika ishlari olib borilishi sababli, 18.04.2019-y. 23:00 dan 19.04.2019-y. 03:00 gacha bo‘lgan muddat oralig‘ida Ucell tarmog‘ida “Mobil o‘tkazma”, “Mobil avans”, “Menga qo‘ng‘iroq qiling”, hisobni to‘ldirish, boshqa xizmatlarni faollashtirish va o‘chirish xizmatlari vaqtincha ishlamasligi mumkin.

Mazkur noqulayliklar vaqtinchalik xususiyatga ega bo‘lib, kelgusida taqdim etiladigan xizmatlar sifatining yaxshilanishiga olib keladi.

Ucell. Hayotni yaxshilik sari o‘zgartirib!